Barcha yangiliklar
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.
Gallery image 172430
Gallery image 172431
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
29 Iyun 2026
15:32

Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi 13-“Bog‘ishamol” saylov okrugi deputati O‘zLiDeP a’zosi N.Uralova va kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Abdunazarov “Bog‘ishamol” mahallasidagi chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi. “Bog‘ishamol” mahallasida chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish uchun bitta maxsus joy ajratilgan bo‘lib, atroflari o‘ralgan va chiqindilar maxsus texnika vositasida olib chiqib ketilmoqda. Chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish yuzasidan fuqarolar bilan suhbatlashilganda chiqindi to‘plash joyining darvoza qismi bo‘lmaganligi bois shamol esgan vaqtda chiqindilarni yon-atrofga sochilishi hamda hudud bo‘yicha yoyilib ketishiga sabab bo‘layotganligini ma’lum qildilar. Ushbu holatni bartaraf etish maqsadida maxsus chiqindi to‘plash joylarini kirish qismiga temir panjaralar o‘rnatish yuzasidan tavsiyalar berildi.