Barcha yangiliklar
BILLUR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
Gallery image 172309
Gallery image 172310
Gallery image 172311
Gallery image 172312
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
26 Iyun 2026
14:43

BILLUR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI

O‘rganish ishlari deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, hududdagi ijtimoiy, kommunal, obodonlashtirish, bandlik, yoshlar va xotin-qizlar masalalari yuzasidan mavjud holat ko‘rib chiqildi.

Mazkur jarayon “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida olib borildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari va takliflari tinglanib, ularni qonuniy tartibda ko‘rib chiqish, aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish masalalari belgilab olindi.

✅ Billur mahallasida aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni manzilli hal etish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.