Barcha yangiliklar
9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan talaba yoshlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi
Gallery image 19731
Gallery image 19732
Gallery image 19733
Gallery image 19734
Gallery image 19735
Gallery image 19736
Gallery image 19737
Gallery image 19738
Gallery image 19739
Gallery image 19740
Gallery image 19741
Gallery image 19742
ZOIROV BAHRIDDIN TO‘RABEK O‘G‘LI
04 Dek 2024
17:44

9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan talaba yoshlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi

Termiz davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi hamda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi hamkorligida joriy yil dekabr oyi "Antikorrupsiya haftaligi" doirasida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbatida korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi raisi o'rinbosari A.Axmedov, Termiz davlat universiteti yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor O.Shofiyev hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida ta'lim tizimida uchrayotgan korrupsiyaviy holatlar va ularning oldini olish borasidagi ishlar haqida ma'lumotlar berildi. Ta'lim muassasasi-ziyo, ma'naviyat va ma'rifat maskani bo‘lib, unda korrupsiya va shunga o‘xshash ko‘ngilsiz holatlar kuzatilmasligi haqida so‘z yuritildi.

Har bir xodim o‘z kasbi va xizmat vazifasiga halollik bilan yondashishi ta'kidlanib, ta'lim-tarbiya tizimi ochiq va shaffof tizimga aylanishi bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilandi.