Barcha yangiliklar
🔰Nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Gallery image 172227
Gallery image 172228
Gallery image 172229
Gallery image 172230
Gallery image 172231
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
29 Iyun 2026
13:40

🔰Nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

🔰Jizzax shahrida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yaxshilash va yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari V.Isakov va D.Saidova, Kengash kotibiyati mudiri M.Adilova, Jizzax viloyati hududiy saylov komissiyasi kotibi D.O‘ralov hamda masʼul tashkilot xodimlari bilan birgalikda shahardagi jamoat transporti tizimini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

Kuzatuv va tahlillar davomida asosiy eʼtibor “A.Temur” hududidagi quyidagi masalalarga qaratildi:

  • Yo‘lovchi tashuvchi transportlarning harakatlanish grafigiga rioya etishi;
  • Avtobus bekatlarining bugungi holati va yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar;
  • Avtobuslarning to‘siqlarsiz va xavfsiz harakatlanishi uchun o‘rnatilishi lozim bo‘lgan yo‘l belgilarining joylashuvi.

O‘rganish davomida yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirayotgan bir qator muammo va kamchiliklar aniqlandi. Mazkur kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish, bekatlar holatini yaxshilash va kerakli yo‘l belgilarini qisqa muddatlarda o‘rnatish bo‘yicha soha mutasaddilariga tegishli ko‘rsatma hamda tavsiyalar berildi.