Barcha yangiliklar
Tug‘ruqxona bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi
Gallery image 172208
Gallery image 172209
Gallery image 172210
Gallery image 172211
Gallery image 172212
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
29 Iyun 2026
12:41

Tug‘ruqxona bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi

Tug‘ruqxona bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M. Muqimova, siyosiy partiyalar rahbarlari hamda kotibiyat bosh mutaxassisi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruqxona bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida bemorlarga bepul beriladigan dori-darmonlar ta’minoti, bo‘limdagi mavjud shart-sharoitlar hamda tibbiy xizmat sifati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, tug‘ruqxona bo‘limiga kelgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ular shifokorlar va hamshiralar tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatdan mamnun ekanliklarini bildirib o'tishdi.