Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Gallery image 172178
Gallery image 172179
Gallery image 172180
Gallery image 172181
ABDUVOSITOVA GAVHAROY KAMOLIDINOVNA
29 Iyun 2026
12:13

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining holati, aholi bandligini ta’minlash, tomorqadan samarali foydalanish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi. Shuningdek, mahalla raisligi va faollari bilan suhbat
davomida hududda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijrosi, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Mahallada fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, sanitariya va ozodalik ishlarini yanada
kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.