Barcha yangiliklar
MUROJAAT VA IJRO
Gallery image 172105
Gallery image 172106
Gallery image 172107
Gallery image 172108
Gallery image 172109
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
29 Iyun 2026
10:53

MUROJAAT VA IJRO

Oltinsoy tumanidagi olis tog‘li “Xujayipok” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi tomonidan bildirilgan murojaat yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Kengash raisi A.Turdiyev hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida murojaatda ko‘tarilgan asosiy masala — aholi bandligini ta’minlash va ishsizlik muammosi atroflicha muhokama qilindi. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida murojaat mualliflarining bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy yechimlarga erishildi.

Mazkur murojaat ijrosi xalq deputatlari tuman Kengashi deputati nazoratida bo‘lib, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida va samarali hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube 🌐 oltinsoy.uz