Barcha yangiliklar
Deputat faoliyatidan
Gallery image 171865
Gallery image 171866
OCHILOV BEHRO‘Z IKROMJONOVICH
27 Iyun 2026
16:20

Deputat faoliyatidan

SAYYOR QABULDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 1-"Qo‘shhovuz" saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Qayum Xushbakov hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida hududda sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi ta’minoti, ichimlik suvi, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan qator murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat mas’ul mutasaddilar ishtirokida batafsil ko‘rib chiqilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Ayrim masalalar joyida o‘z yechimini topgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va ijro talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, ijrosi belgilangan tartibda ta’minlanishi qayd etildi.