Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri  tomonidan sessiya qarori ijrosi o‘rganildi.
Gallery image 171754
Gallery image 171755
Gallery image 171756
Gallery image 171757
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
25 Iyun 2026
11:57

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan sessiya qarori ijrosi o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 7-aprel VII-17-21-8-114-K/26-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoniga asosan tuman hokimligi xuzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan ijtimoiy reyestrdagi I-guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan 31 nafar oilalar xonadonlarini energiya tejamkor qilib ta’mirlashga mablag‘ ajratilgan bo‘lib, “O‘zbekiston 5 yilligi” mahallasida yashovchi fuqaro Sharafova Mastura Jo‘rayevnaning xonadonida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
Xonadonda ta’mir ishlari boshlangan bo‘lib, uyning ichki qismida pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach xonadonda yashovchi nogironligi bor oila a’zolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.