Barcha yangiliklar
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILISHI REJALASHTIRILAYOTGAN MASALA JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
Gallery image 171750
Gallery image 171751
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
25 Iyun 2026
11:53

NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILISHI REJALASHTIRILAYOTGAN MASALA JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI

Deputat tomonidan Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali Qumqo‘rg‘on tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanda elektr energiyasi ta’minoti, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasida va “Qumqo‘rg‘ontumangaz” filiali boshlig‘ining tumanda tabiiy gaz ta’minoti va chekka hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston” mahallasi faollari va ko‘chaboshilari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Deputat mahalla faollari va ko‘chaboshilari bilan suhbatlashish jarayonida hamda o‘rganish va tahlil natijalarida aniqlangan holatlar, muammolar yuzasidan xulosalarini Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasiga taqdim etishi belgilandi.