Barcha yangiliklar
Uzun tumanidagi "Erkinlik" mahallasida suv tarmogʻidagi nosozlik bartaraf etildi
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
26 Iyun 2026
11:40

Uzun tumanidagi "Erkinlik" mahallasida suv tarmogʻidagi nosozlik bartaraf etildi

Uzun tumanidagi "Erkinlik" mahallasida suv tarmogʻidagi nosozlik bartaraf etildi

Xalq deputatlari tuman kengashi deputati A.Bakievning soʻroviga asosan, "Surxondaryo suv ta’minoti" AJ Uzun tuman filiali mutaxassislari tomonidan "Erkinlik" MFY "Bahoriston" koʻchasidagi ichimlik suv tarmogʻida yuzaga kelgan nosozlik oʻrganildi.

Oʻrganish va taʼmirlash ishlari natijasida:

Tarmoqdagi suv sizib chiqish holatlari toʻliq bartaraf etildi.
Suv inshooti soz holatga keltirildi.

Aholi xonadonlariga belgilangan meʼyor asosida ichimlik suvi uzatilishi tiklandi.