Barcha yangiliklar
deputat nazorati
Gallery image 171643
Gallery image 171644
Gallery image 171645
Gallery image 171646
YO‘LDOSHXO‘JAYEVA MUXLISA RUSTAMOVNA
15 May 2026
00:00

deputat nazorati

Oʻrganishda xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi S.Rasulev, tuman Kengashi Kotibiyati xodimlari hamda tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi masʼullari ishtirok etishdi.
Oʻrganish davomida muassasa hududida yangi bino qurilishi jarayonlari, qurilish ishlarining amaldagi ekologik talablarga muvofiqligi, atrof-muhitga salbiy taʼsirning oldini olish choralari hamda hududdagi yashil maydonlarni saqlab qolish masalalari koʻrib chiqildi.
Masʼullar tomonidan qurilish ishlarini ekologik meʼyorlar asosida tashkil etish, sanitariya talablariga qatʼiy rioya qilish va bolalar uchun qulay hamda xavfsiz muhit yaratish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.
Oʻrganish yakunida deputat S.Rasulev tomonidan bolajonlar uchun zamonaviy va ekologik barqaror taʼlim muhitini shakllantirish bugungi kundagi muhim vazifalardan biri ekani taʼkidlandi.