Barcha yangiliklar
Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi
Gallery image 19596
Gallery image 19597
Gallery image 19598
Gallery image 19599
Gallery image 19600
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
03 Dek 2024
10:39

Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

Bugun Nurobod tumanida tuman hokimligi, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi hamda Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi, xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashi hamkorligida 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda so'z olganlar yig'ilganlarni bayram bilan qutlar ekan, yurtimizda nogironligi mavjud va imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ularga qaratilayotgan yuksak e'tiborni alohida ta'kidlashdi.

Yakunda bayram ishtirokchilarga tuman hokimligi hamda hamkor tashkilotlarning esdalik sovg'alari ulashildi.