Barcha yangiliklar
Bolalar oromgohi faoliyati doimiy komissiya tomonidan o‘rganildi
Gallery image 171549
Gallery image 171550
Gallery image 171551
Gallery image 171552
Gallery image 171553
Gallery image 171554
Gallery image 171555
Gallery image 171556
Gallery image 171557
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
26 Iyun 2026
18:58

Bolalar oromgohi faoliyati doimiy komissiya tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan 25-maktabda tashkil etilgan bolalar oromgohi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganishda doimiy komissiya raisi A.Mahkamov, hudud deputati, komissiya a’zosi M.Mirzayev hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi E.Nishonov ishtirok etdi.

Oʻrganish davomida oromgohda bolalarning mazmunli dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar, ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarining tashkil etilishi, dam oluvchilar uchun tayyorlanayotgan ovqatlarning sifati va sanitariya talablariga muvofiqligi, tibbiy xizmatning yo‘lga qo‘yilgani, dori-darmon zaxirasi hamda tibbiy xonaning holati atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, mas’ullar bilan suhbat o‘tkazilib, oromgoh faoliyatini yanada takomillashtirish, bolalarga sifatli dam olish va mazmunli hordiq chiqarish uchun zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining doimiy komissiyalari tomonidan ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish va deputatlik nazoratini amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda.