Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov hamda deputat, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan Orolbo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
Gallery image 171538
Gallery image 171539
Gallery image 171540
Gallery image 171541
Gallery image 171542
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
26 Iyun 2026
18:54

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov hamda deputat, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan Orolbo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganishlar davomida mahalladagi ijtimoiy xodim B.Fozilov tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda ularni to‘lash jarayonlari tahlil qilindi.

Shuningdek, hududda davlat ta’minotidagi 31 nafar fuqaro, kambag‘allar reyestriga kiritilgan 87 ta oila hamda kambag‘allik chegarasidagi 5 ta oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va manzilli ko‘makning holati o‘rganildi. Jarayonda mavjud holat yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, fuqarolarning deputatlar bilan muloqotini yanada qulay va ochiq tashkil etish maqsadida hudud deputati M.Abdurahmonovaga QR-kod orqali murojaat yuborish imkoniyati hamda fuqarolarni qabul qilish jadvali aks ettirilgan axborot e’lonlari Orolbo‘yi va Mashad mahallalarining ko‘rinarli joylariga joylashtirildi.

Mazkur o‘rganishlar aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashni yanada takomillashtirish hamda deputatlarning saylovchilar bilan bevosita muloqotini mustahkamlashga xizmat qiladi.