Barcha yangiliklar
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
Gallery image 171518
Gallery image 171519
PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
26 Iyun 2026
18:43

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati O.Sharipov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi H.Pardayev shahardagi “Shayxon” MFYda bo‘lib, aholi hamda favqulodda vaziyatlar tizimi xodimi ishtirokida targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirdi.
Targ‘ibot ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–790-son, 2022-yil 17-avgust) talablari asosida olib borildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarga tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish, favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish, yong‘in va boshqa xavfli vaziyatlarda xavfsizlik qoidalariga rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, aholi o‘rtasida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni kuchaytirish, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini asrash hamda xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Bunday targ‘ibot tadbirlari aholining huquqiy ongi va xavfsizlik madaniyatini oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.