Barcha yangiliklar
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
Gallery image 171480
Gallery image 171481
Gallery image 171482
Gallery image 171483
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
26 Iyun 2026
18:26

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan Islomobod mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganishda Islomobod MFY raisi O.Tojiyev, profilaktika inspektori R.Mirzaraximov hamda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X.Abdullayev ishtirok etdi.

O‘rganish davomida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikni barvaqt profilaktika qilish, xavf guruhiga kiruvchi fuqarolar bilan ishlash hamda aholi xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati, fuqarolarning huquq va majburiyatlari, qonunbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat tartibini saqlash masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

O‘rganish yakunida qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, profilaktik tadbirlar qamrovini kengaytirish va mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi