Barcha yangiliklar
“Dolzarb 90 kun” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda
Gallery image 171223
Gallery image 171224
Gallery image 171225
Gallery image 171226
Gallery image 171227
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
26 Iyun 2026
16:34

“Dolzarb 90 kun” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova Andijon pedagogika texnikumida faol yosh o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida bugungi kunning dolzarb masalalari, jumladan, bitiruvchi yoshlarning mehnat bandligini ta’minlash, imtihonlar yakuni bo‘yicha mavjud masalalar, sport to‘garaklari hamda qisqa muddatli o‘quv kurslari faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahallalar va ta’lim muassasalarida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtini foydali mashg‘ulotlarga yo‘naltirish bo‘yicha tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish vazifalari belgilab olindi.