Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
Gallery image 19545
Gallery image 19546
Gallery image 19547
Gallery image 19548
Gallery image 19549
Gallery image 19550
Gallery image 19551
Gallery image 19552
Gallery image 19553
Gallery image 19554
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
03 Dek 2024
09:30

XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

“O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida”gi Qonun, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992 yil 14-oktyabrdagi 47/3-sonli qaroriga asosan har yili “3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni” sifatida respublikamizda keng nishonlanishi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol isbotidir. 

“Xalqaro nogironlar kuni”ga bag'ishlab o'tkaziladigan bugungi tadbirlar ham nogironlarga ijtimoiy yordam ko'rsatish, moddiy va manaviy qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o'z o'rinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish borasida respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada Muhtaram Prezidentimiz tomonidan nogironlarga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik, keng jamoatchilikning ham bu savobli ishlarda faol ishtirokining yorqin namunasidir.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan o‘zsaylov okruglarida hayriya tadbirlari o‘tkazildi.