Barcha yangiliklar
Deputat nazoratida: oilaviy poliklinikadagi muammolar o‘rganildi
Gallery image 171072
Gallery image 171073
Gallery image 171074
Gallery image 171075
Gallery image 171076
Gallery image 171077
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
26 Iyun 2026
15:33

Deputat nazoratida: oilaviy poliklinikadagi muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X. Mirzayeva o‘ziga biriktirilgan deputat Z. Mirzaulukovning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida 25-Yakkabog‘ saylov okrugi hududida joylashgan 39-oilaviy poliklinika filialida bo‘lib, aholining bepul dori vositalari bilan ta’minlanish holatini joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish poliklinikada bepul beriladigan dori vositalarining ta’minoti hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, poliklinika ko‘p qavatli turar joy binosining birinchi qavatida joylashgani sababli yuqori qavatdagi xonadonlardan suv sizib o‘tishi oqibatida binoga zarar yetkazilgani va mazkur holat o‘rganilganda, ta’mirlash ishlari boshqaruv-servis kompaniyasi tomonidan emas, balki oilaviy poliklinika xodimlarining o‘z tashabbusi va mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi. Bu esa ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv-servis kompaniyasi tomonidan masalaga yetarli e’tibor qaratilmaganini ko‘rsatdi.

Aniqlangan holat yuzasidan deputat tomonidan mas’ul boshqaruv-servis kompaniyasi rahbariga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi hamda masala deputat nazoratiga olindi.