Barcha yangiliklar
“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
Gallery image 171021
Gallery image 171022
Gallery image 171023
Gallery image 171024
Gallery image 171025
Gallery image 171026
ISMOILOV ABDULAZIZ SOLIJON O‘G‘LI
26 Iyun 2026
15:21

“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 11-Chekmirzaobod saylov okrugi deputati A.Sirojiddinov hududiga qarashli Chekmirzaobod mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov, O‘zLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari R.Yegitaliyevlar tomonidan “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan hududda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, ijtimoiy reyestrga 130 nafar fuqaro kiritilgan bo‘lib, ulardan 9 nafar fuqaroga kiyim-kechak xaridlari uchun jami 18 mln 540 ming so‘m, 14 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari uchun 5 mln 768 ming so‘m hamda 2 nafar fuqaroga uy-joylarini ta’mirlash uchun 41 mln 200 ming so‘m miqdorida amaliy yordam ko‘rsatilganligi ma’lum qilindi.

📝 O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, belgilangan vazifalar ijrosi hamda mavjud muammolar yuzasidan mas’ul xodimlarning axborotlari tinglanib, faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.