Barcha yangiliklar
Toshkent shahar Kengashi deputatlari Vobkent tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi
Gallery image 170878
Gallery image 170879
Gallery image 170880
Gallery image 170881
Gallery image 170882
Gallery image 170883
Gallery image 170884
Gallery image 170885
Gallery image 170886
Gallery image 170887
Gallery image 170888
Gallery image 170889
Gallery image 170890
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
26 Iyun 2026
12:36

Toshkent shahar Kengashi deputatlari Vobkent tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Buxoro viloyati mahalliy Kengashlari faoliyati bilan yaqindan tanishish, oʻzaro tajriba almashish hamda hududlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlaridan iborat delegatsiya Vobkent tumaniga tashrif buyurdi.

➡️Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi faoliyati, deputatlik korpusi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, doimiy komissiyalar faoliyati, saylovchilar bilan ishlash tizimi hamda Kengash kotibiyati tomonidan yoʻlga qoʻyilgan amaliy mexanizmlar bilan yaqindan tanishdilar.

✔️Shuningdek, uchrashuv davomida mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda Kengashlarning oʻrni, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda ilgʻor tajribalarni amaliyotga tatbiq etish masalalari yuzasidan fikr va takliflar almashildi.

📌Mazkur tashrif hududlar oʻrtasida samarali hamkorlikni rivojlantirish, ilgʻor tajribalarni ommalashtirish hamda mahalliy vakillik organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi alohida taʼkidlandi.

🤝 Bunday uchrashuvlar mahalliy Kengashlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, oʻzaro tajriba almashish va aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi samarali boshqaruv tizimini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.