Barcha yangiliklar
DEPUTAT MUROJAATI AMALDA: MUAMMO BARTARAF ETILDI
Gallery image 170809
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
26 Iyun 2026
12:20

DEPUTAT MUROJAATI AMALDA: MUAMMO BARTARAF ETILDI

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Mansurxon Xayrulloyevga fuqarolar tomonidan Shakarkent MFYdagi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat kelib tushgan edi.

Mazkur murojaat asosida mutasaddi tashkilotlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida Shakarkent qishlog‘idagi d-100 mm suv quvurida nosozlik aniqlanib, “Buxoro suv ta’minoti” AJ Vobkent tuman filiali mutaxassislari tomonidan ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Natijada aniqlangan nosozlik bartaraf etilib, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash yo‘lidagi muammo hal qilindi.