Barcha yangiliklar
Shodlik madaniyat markazi faoliyati oʻrganildi
Gallery image 170762
Gallery image 170763
Gallery image 170764
Gallery image 170765
Gallery image 170766
Gallery image 170767
Gallery image 170768
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
26 Iyun 2026
12:12

Shodlik madaniyat markazi faoliyati oʻrganildi

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputati M.Naimova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Navroʻzov bilan birgalikda tumandagi 29-son Shodlik madaniyat markazida boʻlib, muassasa faoliyati, moddiy-texnik bazasi va yoshlar uchun tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyatini oʻrgandilar.

🔍 Oʻrganishlar davomida markazda 5 nafar oliy maʼlumotli madaniyat xodimi faoliyat yuritayotgani hamda 7 ta toʻgarakda 78 nafar oʻquvchi-yoshlar muntazam taʼlim olayotgani maʼlum boʻldi.

🎭 Shuningdek, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

👥 Madaniyat markazi xodimlari va toʻgarak qatnashchilari bilan boʻlib oʻtgan muloqotlarda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda sohadagi ayrim muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

✅ Oʻrganish yakunida markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlarni madaniyat va sanʼatga keng jalb qilish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.