Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK NAZORATI
Gallery image 170757
Gallery image 170758
Gallery image 170759
Gallery image 170760
Gallery image 170761
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
26 Iyun 2026
12:12

DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputati M.Naimova xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ismatov bilan tumandagi 11-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida taʼlim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ovqatlanish sifati hamda sanitariya-gigiyena holati koʻzdan kechirildi.

📌Deputat muassasa pedagog xodimlar bilan suhbat oʻtkazib, maktabgacha taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar, ularning amaliy natijalari hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashdi. Xususan, bolalarning intellektual va maʼnaviy rivojlanishiga qaratilgan mashgʻulotlar samaradorligini oshirish, zamonaviy oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlash hamda moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi