Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari o’ttiz yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 170687
Gallery image 170688
Gallery image 170689
Gallery image 170690
Gallery image 170691
Gallery image 170692
Gallery image 170693
Gallery image 170694
Gallery image 170695
Gallery image 170696
Gallery image 170697
Gallery image 170698
ABDUG‘OPPOROVA DILZODA DILMUROD QIZI
25 Iyun 2026
11:41

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari o’ttiz yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

#Sessiya

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari o’ttiz yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 25-iyun kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdan tashqari o’ttiz yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibida Toshkent viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.

Sessiya ishida Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi A.Eshmuratov, Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi a’zosi Z.Bekatova, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tarmoq rahbari A. Kamilov, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Y.Kanyazov, Korrupsiyaga qarshi kurashish Toshkent viloyat hududiy Kengash a’zolari,masalaga taalluqli viloyat hokimining tegishli  o‘rinbosarlari, viloyat prokurori, viloyat IIBB boshlig’i hamda tuman, shahar studiyalaridan qizil toifaga tushgan 64 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining yettiligi ishtirok etishdi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar tasdiqlandi hamda mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook