Barcha yangiliklar
Toshkent viloyati Kengashi — Janubiy Koreya hamkorligi
Gallery image 170661
Gallery image 170662
Gallery image 170663
Gallery image 170664
ABDUG‘OPPOROVA DILZODA DILMUROD QIZI
24 Iyun 2026
11:25

Toshkent viloyati Kengashi — Janubiy Koreya hamkorligi

Toshkent viloyati Kengashi — Janubiy Koreya hamkorligi

Toshkent viloyati Xalq deputatlari Kengashi raisi S.Fayziyeva Kyonsannam-do provinsiyasi kengashi delegatsiyasini kutib oldi.

Uchrashuvda Kengash raisi tomonidan mazkur muzokaralar Toshkent viloyati va Kyonsannam-do oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishini bildirib oʻtdi.

Uchrashuv davomida viloyatimizda iqtisodiyot va infratuzilma, inson resurslari, qishloq xoʻjaligi va chorvachilik, chet ellik investorlar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek mahalliy kengashlarga berilgan bir qancha vakolat va imtiyozlar xususida ham toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, joriy yilning ikkinchi yarim yilligida kengash delegatsiyasining rasmiy tashrifi jadvali ham muhokama qilindi.

#Toshkent #Korea #hamkorlik