Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
Gallery image 170650
Gallery image 170651
Gallery image 170652
Gallery image 170653
Gallery image 170654
Gallery image 170655
UZBEKOVA ZOHIDA BAXROMOVNA
26 Iyun 2026
11:15

Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi

✅ Bugan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Qodirov, tuman hokimi B.Shukurov bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-328-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan bozor hududida noqonuniy faoliyat yuritib kelayotgan savdo do‘konlari faoliyatini tartibga solish, tadbirkorlik sub’ektlari uchun qonuniy va shaffof ish muhitini yaratish, shuningdek, savdo-sotiq jarayonlarini belgilangan tartib asosida tashkil etish maqsadida tuman hokimi bozor hududida bo‘lib, tadbirkorlar bilan uchrashdi hamda mavjud holatni joyida o‘rgandi.

✅ Tuman hokimi tadbirkorlar bilan muloqot qilib, ularning faoliyatini qonuniy asosda yo‘lga qo‘yish, belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy amal qilish, bozor hududida tartib-intizomni ta’minlash va noqonuniy savdo holatlariga barham berish yuzasidan fikr almashdi.