Barcha yangiliklar
Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
Gallery image 170603
Gallery image 170604
Gallery image 170605
UZBEKOVA ZOHIDA BAXROMOVNA
25 Iyun 2026
11:01

Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi

Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi

✅ Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Z.O‘zbekova, F.Tursunqulov hamda Gaza mahallasidan saylangan deputat H.Allanovlar birgalikda Gaza mahallasida mavjud infratuzilma holati va aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi.

✅ O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi ichki yo‘llar, elektr ta’minoti, ichimlik suvi, ko‘cha yoritgichlari hamda boshqa kommunal infratuzilma obyektlarining holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning bu boradagi murojaat va takliflari tinglandi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqildi.

✅ Aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini rivojlantirish va fuqarolar murojaatlariga yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib, bu kabi o‘rganishlar muntazam davom ettiriladi.