Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining navbatdagi 23 sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 170511
Gallery image 170512
Gallery image 170513
Gallery image 170514
Gallery image 170515
Gallery image 170516
MADAMINOV SHERZODBEK KOBILJONOVICH
26 Iyun 2026
10:14

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining navbatdagi 23 sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyani Kengash raisi M.Tuychiyeva olib bordi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qarorlari ijrosi, tumanda kichik sanoat zonalari faoliyati, investisiya loyihalarini amalga oshirish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, tumanda jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida 2026 yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar, kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalalari yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari eshitildi.

Sessiya davomida deputatlar tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.