Barcha yangiliklar
Mahalladagi muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
Gallery image 170491
Gallery image 170492
Gallery image 170493
Gallery image 170494
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
26 Iyun 2026
09:54

Mahalladagi muammolar joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X. Mirzayeva o‘ziga biriktirilgan deputat M. Tashmuhammedovaning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida 24-Botirma saylov okrugi hududida joylashgan “Zarqo‘rg‘on” mahallasida bo‘ldi.
✅Tashrif davomida mahalla hududidagi mavjud muammolar va aholini qiynab kelayotgan masalalar joyiga chiqib o‘rganildi. Xususan, hudud infratuzilmasi, ko‘p qavatli uylarning kirish yo'laklari hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
❇️O‘rganishlar jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda hududni kompleks rivojlantirish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
⚖️Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan deputatlarning saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, hududdagi muammolarni o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan takliflar kiritish vakolatlari doirasida amalga oshirilmoqda.