Barcha yangiliklar
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
Gallery image 170470
Gallery image 170471
Gallery image 170472
Gallery image 170473
Gallery image 170474
Gallery image 170475
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
26 Iyun 2026
09:42

“Dolzarb 90 kun” tadbirlari ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda

“Dolzarb 90 kun” tadbirlari ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan mahallalar va ta’lim muassasalarida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” amaliy tadbirlarining amalga oshirilish jarayonini o‘rganish maqsadida deputatlar joylarda nazorat tahlillari olib bormoqda.
Deputat J.Raxmanova tumandagi 61-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, yozgi ta’til davrida o‘quvchilar uchun tashkil etilgan mashg‘ulotlar,turli yo‘nalishdagi to‘garaklar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning borishi bilan tanishdi.Tashrif davomida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, yaratilgan sharoitlar va tadbirlarning samaradorligi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.