Barcha yangiliklar
Tibbiy xizmatlar va bepul dori-darmonlar ta’minoti o‘rganildi
Gallery image 170289
Gallery image 170290
Gallery image 170291
Gallery image 170292
Gallery image 170293
Gallery image 170294
Gallery image 170295
Gallery image 170296
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
25 Iyun 2026
19:53

Tibbiy xizmatlar va bepul dori-darmonlar ta’minoti o‘rganildi

Tibbiy xizmatlar va bepul dori-darmonlar ta’minoti o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashi deputati N.Alimovlar “Yangi hayot” mahallasida joylashgan Qiziriq tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 40-oilaviy poliklinikada bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar hamda bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holatini o‘rgandilar.

O‘rganish davomida poliklinikada fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmatlar sifati, bemorlarni qabul qilish jarayonlari hamda imtiyozli toifadagi fuqarolarga bepul dori-darmonlar yetkazib berish tizimi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tibbiyot muassasasida mavjud dori vositalari zaxirasi, ularning maqsadli va manzilli taqsimlanishi, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirilishi hamda tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram