Barcha yangiliklar
Kengash va “Madad” NNT" hamkorligi
Gallery image 170196
Gallery image 170197
Gallery image 170198
Gallery image 170199
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
24 Iyun 2026
00:00

Kengash va “Madad” NNT" hamkorligi

Kengash va “Madad” NNT" hamkorligi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev “Madad” NNT" huquqiy xizmat ko‘rsatish markazi mutaxassisi X.Norpo‘latov bilan birgalikda fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etdi.

Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy himoya, oilaviy munosabatlar, bandlik, moddiy yordam, uy-joy, huquqiy masalalar hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi. Murojaatchilarga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berilib, ayrim masalalarni joyida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olinib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini tinglash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram