Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 170061
Gallery image 170062
Gallery image 170063
Gallery image 170064
Gallery image 170065
Gallery image 170066
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
25 Iyun 2026
18:23

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati J.Rahmonqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Suvankulov tomonidan “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi O‘RQ–363-son Qonuni ijrosi yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida tumanda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarining holati o‘rganildi.

Shuningdek, ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash, sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish, ularning saqlanishini ta’minlash va yashillik maydonlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat hududlarning ekologik holatini yaxshilash, balki aholiga qulay va sog‘lom yashash muhitini yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.