Barcha yangiliklar
Elektr ta’minoti tizimi deputatlar nazoratida ⚡️🏢
Gallery image 169958
Gallery image 169959
SHARIPOV KO‘HZOD VAFOYEVICH
25 Iyun 2026
17:09

Elektr ta’minoti tizimi deputatlar nazoratida ⚡️🏢

Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputatlari — MTDP a’zosi Z.G‘oziyeva, O‘zXDP a’zosi S.Qo‘narova hamda 16-“Mehnatobod” saylov okrugidan O‘zXDP a’zosi K.Sharipovlar tomonidan tuman elektr ta’minoti korxonasida o‘rganish o‘tkazildi.
🤝 Deputatlar o‘rganish jarayonida korxona bosh muhandisi M.Savronov bilan uchrashib, iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish, tarmoq va transformatorlarni ta’mirlash hamda modernizatsiya qilish ishlarini muhokama qildilar. Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi tahlil qilindi.
🎯 Yakunda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va energetika tizimi barqarorligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.