Barcha yangiliklar
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari deputatlar e’tiborida 🌸🏢
Gallery image 169952
Gallery image 169953
SHARIPOV KO‘HZOD VAFOYEVICH
25 Iyun 2026
17:06

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari deputatlar e’tiborida 🌸🏢

Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputatlari — MTDP a’zosi Z.G‘oziyeva, O‘zXDP a’zosi S.Qo‘narova hamda 16-“Mehnatobod” saylov okrugidan O‘zXDP a’zosi K.Sharipovlar tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limida o‘rganish o‘tkazdi.
🤝 Deputatlar o‘rganish davomida tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i R.Daulanova bilan uchrashib, ayollarning huquqlarini himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy ko‘mak berish borasidagi ishlarni tahlil qildilar. Shuningdek, mahallalarda gajirliklarni kamaytirish va ajrimlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
🎯 Yakunda xotin-qizlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va tizimli muammolarni bartaraf etish yuzasidan o‘zaro hamkorlikdagi vazifalar belgilab olindi.