Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva 242-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi
Gallery image 169932
Gallery image 169933
Gallery image 169934
Gallery image 169935
Gallery image 169936
Gallery image 169937
Gallery image 169938
Gallery image 169939
Gallery image 169940
Gallery image 169941
Gallery image 169942
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
24 Iyun 2026
16:48

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva 242-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva 242-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi

⚡️ “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva va kotibiyat xodimlari B.Xoliqjonova, U.Shopotixov tomonidan 242-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi. Tashrif davomida yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni turli to‘garak va ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlarga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

🌸 Jumladan, maktabda tashkil etilgan ijodiy va amaliy mashg‘ulotlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda olib borilayotgan dars jarayonlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. O‘quvchilarning qiziqishlarini rivojlantirish, ularning iste’dodini qo‘llab-quvvatlash hamda yozgi ta’tilni samarali tashkil etish maqsadida olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

🔖 Shuningdek, ta’lim muassasasidagi mavjud sharoitlar, o‘quv xonalari jihozlanishi, ma’naviy-ma’rifiy muhit va o‘quvchilarning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni doimiy nazoratga olish belgilandi.