Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi delegatsiyasi Kogon shahar Kengashi faoliyati bilan tanishdi
Gallery image 169918
Gallery image 169919
Gallery image 169920
Gallery image 169921
Gallery image 169922
Gallery image 169923
Gallery image 169924
Gallery image 169925
Gallery image 169926
Gallery image 169927
Gallery image 169928
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
25 Iyun 2026
16:47

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi delegatsiyasi Kogon shahar Kengashi faoliyati bilan tanishdi

 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi delegatsiyasi Kogon shahar Kengashi faoliyati bilan tanishdi

🏛 Oliy Majlisi Senati tashabbusi bilan tashkil etilgan tajriba almashuv safari doirasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi hamda tuman Kengashlari deputatlaridan iborat delegatsiya xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

📍 Tashrif davomida delegatsiya a’zolariga Kogon shahar Kengashining tashkiliy tuzilmasi, deputatlik korpusi faoliyati, doimiy komissiyalar ishini yo‘lga qo‘yish tajribasi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda deputatlik nazoratini amalga oshirish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

💬 Uchrashuvda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Sh.Umarxodjayeva ishtirok etdi. Unda mahalliy Kengashlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi o‘rni, aholi muammolarini o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash borasidagi amaliy ishlar, shuningdek, deputatlarning saylovchilar bilan muloqotini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

🔺 Kengashlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini keng joriy etish, deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirish hamda fuqarolar bilan ishlashning samarali mexanizmlarini qo‘llash bo‘yicha o‘zaro fikr va takliflar almashildi.

🗣 Shuningdek, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, mahalliy vakillik organlarining vakolat va imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📝 Mazkur uchrashuv mahalliy Kengashlar o‘rtasida tajriba almashish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda deputatlik faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladigan muhim muloqot maydoniga aylandi.