Barcha yangiliklar
“ADOLAT” SDP QIZILTEPA TUMANI KENGASHINING VII-PLENUMI BO‘LIB O‘TDI
Gallery image 169856
Gallery image 169857
Gallery image 169858
Gallery image 169859
Gallery image 169860
Gallery image 169861
Gallery image 169862
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
25 Iyun 2026
16:14

“ADOLAT” SDP QIZILTEPA TUMANI KENGASHINING VII-PLENUMI BO‘LIB O‘TDI

“ADOLAT” SDP QIZILTEPA TUMANI KENGASHINING VII-PLENUMI BO‘LIB O‘TDI.
O‘zbekiston “Adolat” SDP Qiziltepa tumani Kengashining VII-Plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashi a’zolari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari, xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari hamda partiya faollari ishtirok etdi. Plenumni partiyaning Qiziltepa tumani Kengashi raisi Munira Eshmurodova olib bordi.

✅ Plenum kun tartibida O‘zbekiston “Adolat” SDP Qiziltepa tumani Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2025-yil hamda 2026-yilning birinchi choragidagi faoliyati yuzasidan hisoboti, 2026-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, shuningdek deputatlik guruhi, boshlang‘ich partiya tashkilotlari va partiyaviy faoliyat samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

✅ Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, partiyaning hududdagi faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.