Barcha yangiliklar
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 169721
Gallery image 169722
Gallery image 169723
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
25 Iyun 2026
15:13

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

 Xalq deputatlari shahar kengashi 11-“Turkiston” okrugi deputati O‘zLiDeP a’zosi E.Abduraxmonov, deputat T.Niyazov va kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abdunazarov ishtirokida “Turkiston” mahallasi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, aholini kambag‘allikdan chiqarilish holati bilan tanishildi. 

  Mahallada 102 nafar ijtimoiy reestrda turadigan fuqarolar mavjud bo‘lib, shundan 17 nafari davlat ta’miontida turadi. 39 nafar kambag‘al oilalar ro‘yxatga olingan. Bir nafar fuqaroga 17,0 mln.so‘m imtiyozli kredit chiqarilgan bo‘lib, 7 nafar oilalar kambag‘allikdan chiqarilish bo‘yicha rahbarlarga otaliqqa biriktirilgan. Bugungi kunda ushbu mahalladagi Ijtimoiy xodim tug‘riq ta’tilida bo‘lganligi bois oilalarni moddiy ahvolini o‘rganishda va o‘rganish yakuni bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilishida muammolar mavjudligi aniqlandi. O‘rganish jarayonida boshqa mahalladagi Ijtimoiy xodimni ushbu mahallaga vaqtinchalik biriktirish va muammolarni tezkorlik bilan hal etish yuzasidan tavsiyalar berildi.