Barcha yangiliklar



RAMANOVA FIRUZA SAPARBAYEVNA
25 Iyun 2026
15:04
📍QAYD ETISH DAFTARIDAN — AMALIY CHORALAR SARI
📍Tashrif davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatigajalb etish borasida
amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi. Hokim yordamchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar, mavjud yutuqlar va yechimini kutayotgan masalalar muhokama qilindi.
🤝Deputat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va davlat tomonidan
yaratilayotgan imtiyozlar yuzasidan tavsiyalar berildi.
📝 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar deputatning qayd etish jurnaliga kiritilib, ularning ijrosini
ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.