Barcha yangiliklar
#ish_reja_ijrosi  📌 Kunlik vazifalar belgilab olindi
Gallery image 169277
Gallery image 169278
Gallery image 169279
Gallery image 169280
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
17 Iyun 2026
09:28

#ish_reja_ijrosi 📌 Kunlik vazifalar belgilab olindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyatida ish kunining dastlabki qismida xodimlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida xodimlarning ishga o‘z vaqtida kelganligi, ijro intizomi hamda belgilangan vazifalarning bajarilish holati muhokama qilindi. Shuningdek, Kengash kotibiyati oldida turgan ustuvor vazifalar ko‘rib chiqilib, kun davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar mas’ul xodimlar o‘rtasida taqsimlandi.

Yig‘ilishda har bir yo‘nalish bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olinib, ularning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📍 Kengash kotibiyati faoliyatida ijro intizomi, mas’uliyat va samaradorlikni ta’minlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram