Barcha yangiliklar
#ish_reja_ijrosi  📚 Yoshlar ta’limi va kelajagiga qaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
Gallery image 169205
Gallery image 169206
Gallery image 169207
Gallery image 169208
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
12 Iyun 2026
08:39

#ish_reja_ijrosi 📚 Yoshlar ta’limi va kelajagiga qaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Rabbimov Samarqand Xalqaro kollejida bo‘lib, ta’lim jarayonlari va yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida o‘quvchilarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, xorijiy tillarni chuqur o‘rganishi, kasb-hunar hamda IT yo‘nalishlarida sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasida yoshlarning raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllanishi, ularning zamonaviy kasblarni egallashi va mehnat bozorida munosib o‘rin topishiga xizmat qilayotgan amaliy ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Yoshlarning bilimli, tashabbuskor va zamonaviy kasb egasi bo‘lib voyaga yetishi uchun yaratilayotgan sharoitlarni o‘rganish hamda bu boradagi ishlarni qo‘llab-quvvatlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram