Barcha yangiliklar
Mahallada olib borilayotgan ishlar va “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Gallery image 169156
Gallery image 169157
Gallery image 169158
Gallery image 169159
Gallery image 169162
Gallery image 169160
Gallery image 169161
Gallery image 169163
Gallery image 169164
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
19 Iyun 2026
21:20

Mahallada olib borilayotgan ishlar va “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Mahallada olib borilayotgan ishlar va “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov hamda 11-Sabzipoya saylov okrugi deputati S.Ikromov bilan birgalikda Sabzipoya mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi”ning ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi muammolarini aniqlash va bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda hududni obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” tomonidan olib borilayotgan ishlarning samaradorligi, aholi bilan ishlash tizimi va mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mahallada olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mahallalarda olib borilayotgan islohotlarning natijadorligini oshirish, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish va fuqarolar farovonligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.