Barcha yangiliklar
Mahalla – islohotlar markazida
Gallery image 169145
Gallery image 169146
Gallery image 169147
Gallery image 169148
Gallery image 169149
Gallery image 169150
Gallery image 169151
Gallery image 169152
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
19 Iyun 2026
21:14

Mahalla – islohotlar markazida

Mahalla – islohotlar markazida

Ayni damda Oliy Majlisi Senatining “Mahalla – islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusidagi davra suhbati onlayn formatda bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbirda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari raislari, kotibiyat mudirlari, doimiy komissiyalar raislari, shuningdek, tuman (shahar) Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda hududlarda faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” vakillari, tegishli idora va tashkilotlar mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Davra suhbatida mahallalarda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, mahalliy Kengashlar hamda “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinmoqda.

Ushbu muloqot maydoni joylardagi mavjud muammolarni ochiq muhokama qilish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va mahalla tizimi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.