Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMANI  KENGASHI FAOLIYATI
Gallery image 19285
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
02 Dek 2024
15:43

XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMANI KENGASHI FAOLIYATI

Bugun, Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Xabibulla Bozorov, hokimning sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda tashkilot rahbarlari bilan birgalikda tumandagi Oqostona mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Uzun tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan sayyor qabulda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, turli masalalar bo‘yicha murojaatlari bilan ishtirok etdi.

Qabulda tuman hokimi fuqarolarning sim yog‘ochlarni almashtirish, toza ichimlik suvi tortish, gaz balon, kadastr va boshqa masalalarga oid 10 ta murojaatlarini tinglab, ularga o‘z munosabatini bildirdi. 

Murojaatlarning ayrimlari shu yerning o’zida ijobiy hal etildilgan bo’lsa, ijrosi ma’lum muddat talab qilinadigan qolgan murojaatlar hal etish bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirildi.