Barcha yangiliklar
Sho‘rsoy mahallasidagi ijtimoiy va infratuzilma muammolari o‘rganildi
Gallery image 168996
Gallery image 168997
Gallery image 168998
Gallery image 168999
Gallery image 169000
Gallery image 169001
Gallery image 169002
Gallery image 169003
Gallery image 169004
Gallery image 169005
UZBEKOVA ZOHIDA BAXROMOVNA
24 Iyun 2026
18:35

Sho‘rsoy mahallasidagi ijtimoiy va infratuzilma muammolari o‘rganildi

Sho‘rsoy mahallasidagi ijtimoiy va infratuzilma muammolari o‘rganildi

✅ Xalq deputatlari tuman kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Z.O‘zbekova o‘ziga biriktirilgan 6-Sho‘rsoy saylov okrugidan saylangan deputat S.Bahovaddinov bilan birgalikda Sho‘rsoy mahallasida aholini qiynayotgan ijtimoiy va infratuzilma muammolarini o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

✅ O‘rganish davomida mahalla aholisi bilan muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Xususan, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi sifati, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘chalarni yoritish, irrigatsiya tarmoqlari holati hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

✅ Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy ob’ektlar faoliyati, obodonlashtirish ishlarining borishi va aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham o‘rganildi. Aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va muassasalarga taklif hamda tavsiyalar kiritish bo‘yicha choralar belgilandi.

✅ Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va mavjud muammolarga amaliy yechim topish aholi turmush farovonligini oshirish hamda mahallalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.