Barcha yangiliklar
Sog‘lomlashtirish maydonchasidagi sharoitlar o‘rganildi
Gallery image 168862
Gallery image 168863
Gallery image 168864
Gallery image 168865
Gallery image 168866
Gallery image 168867
Gallery image 168868
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
24 Iyun 2026
17:31

Sog‘lomlashtirish maydonchasidagi sharoitlar o‘rganildi



Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O.Akromovning saylov okrugi hududidagi 40-son umumta’lim maktabida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish maydonchasiga kotibiyat xodimi G.Shodiyeva tashrif buyurib, u yerda yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida o‘quvchilarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, dam olishlari va sog‘lom hordiq chiqarishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishildi.
Shuningdek, turli yo‘nalishlarda tashkil etilgan mashg‘ulotlarning mazmunli va qiziqarli olib borilayotgani, bolalarning ularda faol ishtirok etayotgani alohida e’tirof etildi.
O‘rganish jarayonida yoshlarning sport, ma’naviy-ma’rifiy va ijodiy faoliyatga keng jalb etilishi, ularning qiziqish va iste’dodlarini rivojlantirishga qaratilgan ishlar ijobiy baholandi.