Barcha yangiliklar



AKBAROV BEKZODBEK ASQAR O‘G‘LI
24 Iyun 2026
16:50
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Muratova Nigora Xamdulloyevna “Dolzarb 90-kun” tadbirlari doirasida qabul qilingan Kengash qarorining ijrosini o‘rgandi.
📉 Deputat “Qo‘yliqobod” mahallasidagi 215-maktabda bo‘lib, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, yozgi ta’tilni mazmunli tashkil etish ishlari hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.
➡️ Maktabda sport bilan shug‘ullanish, to‘garaklarda qatnashish va ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
✅ Deputat maktab ma’muriyati bilan suhbatlashib, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.